Yashamoq sokinlik istar
Yashamoq sokinlik istar
Muallif: O'zgur Bajaksiz
Nashriyot: Tasnim
Hajmi: 203 bet
Muqovasi: Yumshoq
Kitob haqida:
Oʻzgur Bajaksizning bu kitobi insonning shiddatli va tezkor hayotdan ortga chekinib, sekinlik orqali ichki tinchlik va barqarorlikka erishishi haqida. Muallif zamonaviy insonning ortiqcha shoshqaloqlik tufayli hayotdagi asosiy qadriyatlarni, imkoniyatlarni va goʻzallikni koʻrolmay qolayotganini ochib beradi.
Kitobda insonning hayotiy muammolari shoshilish bilan hal boʻlmasligi, aksincha, sekinlik va sokinlik orqali yechimlar paydo boʻlishi taʼkidlanadi. Turli hikoyalar orqali sabr, tafakkur va hayotni zavq bilan yashash saboqlari beriladi.
"Yashamoq sokinlik istar" kitobi ichki sokinlik, hayot muvozanati va baxt sari yoʻl koʻrsatadigan yoʻl-yoʻriq. Kitob oʻquvchini hayotga yangicha, sokin va xotirjam nigoh bilan qarashga undaydi.
Xarid uchun kitob do‘konlaridan so‘rang!
Ulashish
