Mahsulot ma'lumotlariga o'ting
1 dan 2

Allohga chinakam bandalik

Allohga chinakam bandalik

Muallif: Muhammad Amin Yildirim
Nashriyot: Nasim Kutub
Hajmi: 176 bet
Muqovasi: Qattiq

Kitob haqida:

"Inson" soʻzi aynan “unutuvchi” degan ma’noni bildiradigan “nisyon” soʻzidan olingan. Aytadilarki, Alloh insonni unutish xususiyati bilan yaratgan. Ana oʻsha unuta olish xislati ham aslida bir ne’matdir. Negaki har bir azob-uqubat, qiyinchiliklar, yomonlik va dilxiraliklarning bari yodimizda tursa yashash qanchalar ogʻirlashgan boʻlmas edimi? Ammo bu ne’matni jazoga aylantirgan ham oʻzimiz boʻlamiz. 

Bu ne’matning jazoga, musibatga aylanishining sababi esa unutmasligimiz kerak boʻlgan narsalarni unutib qoʻyganimizdir. Hatto unutganimizni ham esdan chiqarib qoʻyganmiz. Insonning unutganini ham unutib qoʻyishi nimani anglatadi? Menimcha, bu asliyatni unutishga, kimga tobun ekanimizni unutishga, javobgarligimizni, javob berishimizga toʻgʻri kelishini unutishga olib keladi. Zero musulmon kishisining maqsadi “Allohga chinakam bandalik”dir.

Siyrat ilmi olimi Muhammad Amin Yildirimning “Allohga chinakam bandalik” kitobida musulmon kishiga eng kerakli fazilatlar eng mashhur 8 sahoba hayoti misolida tushuntiriladi. Islomda eng muhim hisoblangan 8 narsani ularning hayotiga yonma-yon qoʻyib oʻrganadi. Har birlarining boshqalardan yuqoriroq turgan xislatlari “Allohga chinakam bandalik” yoʻli ochib beriladi. Muallif fikrlarini quyidagicha tartiblaydi va asoslaydi:

▪️Abdulloh ibn Mas’ud va Tavhid
▪️Abdulloh ibn Amr va Axloq
▪️Abdulloh ibn Umar va Ibodat
▪️Abdulloh ibn Abbos va Ilm
▪️Abdulloh ibn Salom va Taslimiyat
▪️Abdulloh ibn Zubayr va Mujodala
▪️Abdulloh ibn Jahsh va Shahodat
▪️Abdulloh ibn Ja’far va Joʻmardlik

Shuningdek, ushbu sahobai kiromlar hayotiga batafsil toʻxtalar ekan,  ularning Paygʻambarimiz(SAV) bilan qancha muddat, qayerlarda birga boʻlgani hamda qancha hadis rivoyat qilganini koʻrib chiqadi. 

Kitobni oʻqish chogʻida dinimizning avval boshda bosib oʻtgan yoʻllari, Rasuli akram va sahobalarning hayotidan turfa voqeliklarga ham guvoh boʻlasiz. 

Bu kitobni ham dinni, ham insoniylikni, ham tarixni oʻrgatadigan asar deyish mumkin.

Xarid uchun kitob do‘konlaridan so‘rang!

Translation missing: uz.products.product.view_full_details