Mahsulot ma'lumotlariga o'ting
1 dan 1

Ko'rlik - Joze Saramago

Ko'rlik - Joze Saramago

Muallif: Joze Saramago
Nashriyot: Inson
Hajmi: 396 bet
Muqovasi: Yumshoq

Kitob haqida:

"Ko‘rlik" – bir kun hammamiz ojiz bo‘lib qolsak nima bo‘ladi?

Tasavvur qiling: oddiy bir hayot kechirayotgan shaharda birdan bir kishi ko‘zi ojiz bo‘lib qoladi. Hech qanday sabab yo‘q. Shifokorlar hayron. Ammo ertasi kuni yana biri ko‘r bo‘ladi. So‘ng yana biri. Va ko‘r odamlar soni ko‘payishda davom etadi...

Bu qanday kasallik? Virusmi? Jazomi? Yo‘q, bu insoniyatning o‘ziga bo‘lgan ko‘rligi.

José Saramagoning "Ko‘rlik" romani – bu sizni o'z ichiga tortadigan, hayotga boshqa ko‘z bilan qarashga majbur qiladigan asar. Unda nomlar yo‘q, faqat obrazlar: “shifokor”, “uning rafiqasi”, “qora ko‘zoynakli ayol”. Sababi aniq: bu roman – siz haqingizda, biz haqimizda, insoniyat haqidagi og‘riqli haqiqat.

Ko‘zimiz ochiq, lekin biz ko‘rayapmizmi?

Odamlar jamiyatdan uzib qo‘yiladi, saqlash muassasasiga tashlanadi. Tashqarida tartibsizlik, vahshiylik va omon qolish uchun kurash boshlanadi. Va faqat bitta ayolning ko‘zi ochiq qoladi. U nima qiladi? Qanday yashaydi? Va siz uning o‘rnida bo‘lsangiz, nima qilgan bo‘lardingiz?

"Ko‘rlik" – bu pandemiya emas, bu ruhiy ko‘rlik haqida ogohlantiruvchi asar.

O‘qib chiqqaningizdan so‘ng, atrofingizga boshqacha ko‘z bilan qaraysiz. Balki ilk marta haqiqiy ko‘ra boshlaysiz.

Xarid uchun kitob do‘konlaridan so‘rang!

Translation missing: uz.products.product.view_full_details