Mahsulot ma'lumotlariga o'ting
1 dan 4

Lak Lak ismli laylak

Lak Lak ismli laylak

Nashriyot: Pingvin books
Hajmi: 29 bet
Muqova: Yumshoq

Kitob haqida:

Atrof jimjit. Bir payt tars etgan ovoz eshitildi.
"Tars, tars, tars!"
Bu ichkaridan yorilgan tuxumning ovozi edi.
Xushxabar! Lak Lak laylakcha endi oramizda.
Voy, bunisi yana nima bo‘ldi?!
Ukasi Tak Tak laylakcha ham tuxumdan chiqdi.
Ana, endi laylaklar oilasi kattalashdi.
Qora ilondan qanday qutulib qolishdi-ya?!
Ko‘lda baliq ham ovlashdi.

"Lak, lak, lak! Lak, lak, lak!
Tak, tak, tak! Tak, tak, tak!"

Lak Lak laylak bilan baham ko‘rishni, ko‘maklashishni, oilani ardoqlash va ko‘pgina qadriyatlarni o‘rganishingiz, yaxshi-yu yomonning farqiga borishingiz mumkin.
Bu kitobni o‘qib, Lak Lak laylakning issiqqina tuxumini yorib chiqishi bilan boshlangan samimiy hangomalarga guvoh bo‘lasiz.
Qani, birgalikda parvoz qilamizmi?

Xarid uchun kitob do‘konlaridan so‘rang!

Translation missing: uz.products.product.view_full_details