Mahsulot ma'lumotlariga o'ting
1 dan 2

Olcha daraxti bilan oramizdagi masofa

Olcha daraxti bilan oramizdagi masofa

Muallif: Paola Peretti
Nashriyoti: Tasnim
Hajmi: 206 bet
Muqovasi: Yumshoq

Kitob haqida:

"Olcha daraxti bilan oramizdagi masofa" – italyan yozuvchisi Paola Peretti tomonidan yozilgan ta’sirli roman bo‘lib, u muallifning o‘z hayotidan ilhomlanib yozilgan asar hisoblanadi.

Kitob qahramoni – o‘n yoshli Mafalda, kamdan-kam uchraydigan Stargardt kasalligi tufayli olti oy ichida butunlay ko‘r bo‘lib qolishini bilib qoladi. Mafalda ko‘zlari xiralashib borayotgan sari maktab bog‘idagi gilos daraxtini ko‘rish uchun unga har kuni biroz yaqinlashishga majbur bo‘ladi. Ushbu masofa qizaloq uchun kasalligining qay darajada kuchayib borayotganini o‘lchash usuliga aylanadi.

Mafalda ko‘rish qobiliyatini yo‘qotish qo‘rquvi bilan kurashayotib, oilasi, do‘stlari va maktab qorovuli Estellaning ko‘magi bilan kelajakdagi qorong‘ilikka qaramay hayotning mazmuni va qadriyatlarini kashf etishga harakat qiladi.

Paola Peretti o‘z tajribasidan ilhomlanib yozgan bu roman – jasorat, matonat va umid haqida so‘z yuritadi va hayotning har qanday vaziyatda ham go‘zal ekanligini eslatadi.

Xarid uchun kitob do‘konlaridan so‘rang!

Translation missing: uz.products.product.view_full_details