Mahsulot ma'lumotlariga o'ting
1 dan 2

Pul psixologiyasi

Pul psixologiyasi

Muallif: Morgan Hauzel
Nashriyoti: Iftixor books
Hajmi: 270 bet
Muqovasi: Yumshoq

Kitob haqida:

Morgan Hauzelning «Pul Psixologiyasi» kitobi pul, boylik va moliyaviy muvaffaqiyatga boshqacha yondashuvni taqdim etadi. Kitobda moliyaviy qarorlarimizning asosiy omili sifatida psixologiya, ya’ni insonning o‘z his-tuyg‘ulari va xulq-atvori yotganini ta’kidlaydi. Moliyaviy muvaffaqiyat faqat bilim va texnik ko‘nikmalarga emas, balki pul bilan qanday munosabatda bo‘lishimizga ham bog‘liq ekanligi haqida qimmatli saboqlar beradi.

Muallif boylik va baxt o‘rtasidagi murakkab bog‘liqlikni, shuningdek, moliyaviy xavf-xatarlarni qanday boshqarish kerakligini tushuntiradi. Hayotdagi moliyaviy qarorlarimizda ko‘pincha mantig‘imizdan ko‘ra his-tuyg‘ularimiz ustun kelishi va bu qarorlarning oqibatlari haqida chuqur tahlillar beradi. Kitob o‘quvchini moliyaviy farovonlikka erishish yo‘lida o‘z harakatlarini boshqarishga o‘rgatadi.

Tavsiya: Ushbu kitob moliyaviy barqarorlik va muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lgan barcha o‘quvchilarga, ayniqsa o‘z moliyaviy xulq-atvorini yaxshiroq tushunishni istaganlarga tavsiya qilinadi. «Pul Psixologiyasi» — bu boylik va moliyaviy hayotga yangicha nazar bilan qarashni istovchilar uchun muhim qo‘llanma.

Xarid uchun kitob do‘konlaridan so‘rang!

Translation missing: uz.products.product.view_full_details