Qirmizi futbolkaning sarguzashtlari
Qirmizi futbolkaning sarguzashtlari
Nashriyot: Pingvin books
Hajmi: 36 bet
Muqovasi: Yumshoq
Kitob haqida:
Hoy, bolajonlar! "Qirmizi futbolkaning sarguzashtlari" kitobining qahramoni - qirmizi futbolka bilan tanishing. Ishlab chiqarilgan tikuv xonasidan boshlangan safarida unga hamrohlik qilishni istaysizmi?
Qahramonimiz kiyim do’konidan Jo'shqinning tug'ilgan kuni bazmiga, fasldan faslga, qarindoshlarning uyidan chang artkichlarning javonigacha ko'p marta joyini o'zgartirdi. Eng oxirida chiqindixonagacha bo’lgan hayoti davomida turli tuyg'ularni his etdi. Orttirgan do'stlari, baham ko'rgan hislari, to’plagan xotiralari unga ko'p narsalarni o'rgatdi. Qirmizi futbolka eskirmaslik uchun uringan, ammo boshiga tushgan o'zgarishlarga ko'nikkan kitob qahramoni sifatida bizga quyidagi qo’shiqni kuylab beradi:
Shunchaki bir futbolka, deb o'ylamang, Hislarim - hayotimning mazmuni.
Yaxshi ko'raman, kulaman, yig'layman, Hamma kabi yashayman men ham.
Zamon o'tar, men jo'sharman, Hayot juda go'zal, do’stlarim...
Xarid uchun kitob do‘konlaridan so‘rang!
Ulashish



