Salom, Pekin!
Salom, Pekin!
Muallif: Asmo Nadiya
Nashriyot: Nido
Hajmi: 240 bet
Muqovasi: Yumshoq
Kitob haqida:
Sevgi haqida ko‘plab romanlar yozilgan. Lekin Asmo Nadia o‘zining “Salom, Pekin!” asarida muhabbatni faqat ikki inson o‘rtasidagi his emas, balki imon, sabr va hayot sinovlari bilan chambarchas bog‘lab beradi.
Bu roman sizni bir vaqtning o‘zida ikki olamga olib kiradi: qalbdagi og‘riq va yangi umidlar olamiga. Xiyonat, og‘ir kasallik, begona shahar va kutilmagan uchrashuvlar…
Asmo Nadia shu mavzularni juda samimiy tarzda tasvirlaydi. Ammo asarning eng katta kuchi shundaki, u o‘quvchiga bir savolni qayta-qayta eslatadi: haqiqiy muhabbat faqat his-tuyg‘umi yoki sadoqat va imon bilan birlashgan kuchmi?
“Salom, Pekin!” sizni bir qarashda oddiy sevgi hikoyasidek ko‘rinsa-da, aslida hayotning og‘ir sinovlari qarshisida inson qalbining nechog‘lik matonatli bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. O‘qiganingizda, siz ham bir paytlar ko‘nglingizni ezgan savollarga javob izlab qolasiz: muhabbat va hayotning asl qadri nimada?
Xarid uchun kitob do‘konlaridan so‘rang!
Ulashish

