Mahsulot ma'lumotlariga o'ting
1 dan 2

Saltanatlar qismati - Yashash uchun yo'l

Saltanatlar qismati - Yashash uchun yo'l

Muallif: Jon Glubb
Nashriyot: Tavfiqnashr
Hajmi: 158 bet
Muqovasi: Yumshoq

Kitob haqida:

Jon Glubbning “Saltanatlar qismati” asari tarixga befarq bo‘lmagan har bir insonni o‘ylantiradi. Bu kitob buyuk imperiyalar qanday yuksalganini, nega qulaganini va har bir davlat boshidan o‘tkazadigan muqarrar tarixiy bosqichlarni tahlil qiladi. Muallif ushbu tarixiy qonuniyatlarni chuqur tahlil qilish orqali bugungi jamiyatlar uchun ogohlik zanjirini yaratadi.

Asarda tanazzulning boshlanishi tashqi emas, ichki buzilishdan — ya’ni, aqliy zaiflashuv, axloqiy yemirilish, ortiqcha boylikka berilish va qadriyatlarning so‘nishi orqali yuz berishi ta’kidlanadi. Diqqatga sazovor jihati shundaki, muallif barcha tanazzul yo‘lidagi xalqlarning qahramonlari bir xil bo‘lib borishini — sportchilar, san’atkorlar va aktyorlar hayot markaziga aylanib qolishini eslatadi. Bu esa jamiyatning ichki puchlashgan holatini ifodalaydi.

Kitob o‘quvchini shunchaki tarixiy faktlar bilan emas, fikr yuritishga undaydigan tahlillar bilan qurollantiradi. O‘tmishdan saboq olib, hozirgi hayotga nazar tashlash va kelajak uchun qaror qilishda foydali manbadir.

Xarid uchun kitob do‘konlaridan so‘rang!

Translation missing: uz.products.product.view_full_details