Mahsulot ma'lumotlariga o'ting
1 dan 4

Shiringina ezgulik

Shiringina ezgulik

Nashriyot: Pingvin books
Hajmi: 24 bet
Muqova: Yumshoq

Kitob haqida:

A'loxon hamda uning qo'zichog'i Lolaning tug'ilgan kuniga borish uchun tayyorlandi. Lekin kutilmagan bir xabar kelgach, rejalarini o'zgartirishga majbur bo'lishdi. A'loning buvisi kasal bo'lib qolgan edi. Shuning uchun unikiga borishlari zarur edi. Metroga chiqqanida A'lo bilan onasi bir keksa momoni ko'rib, darhol joy berishdi. Buvisidan xavotir olishayotgan bo'lsalar-da, keksa ayolga yordam berganidan mamnun bo'ldilar.
Lekin qo'zichoq metrodan qo'rqayotgan edi. A'lo uning xavotirlarini ketkazish uchun hazillar qilib, savollariga javob berib ketdi.
Nihoyat, buvisinikiga yetib borgach, uni quchoqlaganida, qizaloq bilan onasining ko'ngli joyiga tushdi. Lolaning tug'ilgan kunidan qolib ketish A'loning dilini biroz xira qilgan edi, lekin oilaviy mehr-muhabbat, o'zaro ko'maklashish, vaqtlarini birga o'tkazish muhim ekanini ular bilishardi.

Xarid uchun kitob do'konlaridan so'rang!

Translation missing: uz.products.product.view_full_details