Uzun Quloq
Uzun Quloq
Nashriyot: Pingvin books
Hajmi: 32 bet
Muqovasi: Yumshoq
Kitob haqida:
Tugmalar, mato bo‘laklari, qutilar, rang-barang iplar... Topish oson bo‘lgan ana shunday narsalar o‘yinchoqqa aylanib, bu yangi o‘yinchoq bizni yangi his-tuyg‘ular, do‘stlik va kashfiyotlar sari boshlaydi. Fabrikalarda ishlab chiqarilgan o‘yinchoqlarga bola salomatligiga zararli emasligi to‘g‘risida yorliq yopishtiriladi. O‘z qo‘llarimiz bilan yasagan o‘yinchoqlarimizga esa bunday yorliqni yopishtirishga hojat yo‘q. Chunki qo‘lda tayyorlangan o‘yinchoqlar tasavvur olamimizning mahsuli bo‘lgani uchun bizga o‘ziga xos ishonch bag‘ishlaydi. Ushbu kitobchada siz bir o‘yinchoq o‘z iliqligi bilan tevaragidagi dunyoni qanday qilib quyosh singari isitgani, unga hayot bag‘ishlagani to‘g‘risida o‘qiysiz.
Xarid uchun kitob do‘konlaridan so‘rang!
Ulashish

