Voz kecha olmoq
Voz kecha olmoq
Muallif: Gay Finli
Nashriyot: Huzur
Hajmi: 342 bet
Muqovasi: Yumshoq
Kitob haqida:
Gay Finlining "Voz kecha olmoq" kitobi qiziqishlari, muammolari orasida chalkashgan, o‘zini topishga qiynalib hayotda o‘zini labirintda yashayotgandek his etadiganlar uchun juda foydali.
"Voz kecha olmoq" va bu turdagi kitoblarning foydasi sizning o‘z qobig‘ingizdan tashqariga chiqishga undashidir. Ichki meningizni tahlil qilishga, yechimlarni oson topishga o‘rgatadi.
Gay Finlining "Voz kecha olmoq" asarida insonning ichki meni, tiyiqsiz istak va orzulari bilan qanday kurashish kerakligi haqida fikr yuritiladi. Bundan tashqari muallif cheksiz istak va xohishlar orasidan eng muhimini tanlab olish va qolganlaridan voz kechish insonga qanday xotirjamlik va baxt keltirishini ham tushuntirib beradi.
Sizga kerakmas bo‘lgan nimadandir voz kecha olish oson emas. Bunga ongosti va boshqa ko‘plab faktorlar tabiiy ravishda qarshi chiqadi. Imkon qadar yaxshi va ko‘p yashash uchun hammasi kerak deb hisoblaydi. Tabiiy instinkt. Muallif voz kechishga xalaqit beradigan 5 ta illyuziyani sanaydi, ularning puch narsalar, shunchaki qo‘rquv ekanini keltirib o‘tadi.
Shuningdek, asarda insonning tabiiy ichki energiyasi, kuchi haqida ham qiziqarli mavzular o‘rtaga tashlanadi. Tabiiy kuch oqimiga yo‘l berish orqali sizni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish yo‘llari haqida gap ketadi. O‘zimizni cheklash, bu orqali tabiiy kuch oqimini to‘sishimiz muammo va tuyg‘ularimizni qanday chalkashliklarga solib qo‘yishi chiroyli ochib berilgan.
Kitob hayotda o‘z o‘rnini topishga va to‘siqlarni yengishga intilayotganlar uchun yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi. "Voz kecha olmoq" — bu erkinlik sari qadam tashlashga va ichki tinchlikka erishishga yordam beruvchi muhim qo‘llanma bo‘lib, o‘quvchini hayotini yangicha ko‘z bilan ko‘rishga undaydi.
Xarid uchun kitob do'konlaridan so'rang!
Ulashish

