Mahsulot ma'lumotlariga o'ting
1 dan 2

Xalqdan chiqqan odam

Xalqdan chiqqan odam

Muallif: Chinua Achebe
Nashriyot: Inson
Hajmi: 224 bet
Muqovasi: Yumshoq

Kitob haqida:

Chinua Achebe - Afrikaning eng yirik yozuvchilaridan biri, zamonaviy Afrika adabiyotining otasi sifatida e’tirof etilgan, adabiyot tarixida chuqur iz qoldirgan ijodkor. Uning "Xalqdan chiqqan odam" romani mustamlakadan keyingi Afrika jamiyatlarining siyosiy-ijtimoiy hayotini keskin satira va achchiq, haqiqatlar orqali yoritib bergan durdona asardir.

 Asarda yosh o‘qituvchi Odiliy Samalu va korrupsiyaga botgan, o‘zini "xalq odami" deb ko‘rsatadigan siyosatchi Nanga o‘rtasidagi qarama-qarshilik markazga chiqadi. Bu qarama-qarshilik orqali yozuvchi hokimiyat, boylik va shon-shuhrat ortidan quvib, xalq, manfaatini unutgan rahbarlarning asl qiyofasini ochib beradi.

Achebening o‘tkir satirik tili, ijtimoiy tanqidi va xalqona kinoya uslubi kitobxonni o‘ylashga majbur qiladi. "Xalqdan chiqqan odam" - faqat Nigeriya emas, balki butun dunyoga tanish bo‘lgan illatlarni ko‘rsatib, bugun ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan roman. Bu asar hokimiyat va xalq, o‘rtasidagi kurash, insofsiz siyosatchilar va aldanayotgan odamlar haqida yozilgan achchiq, ammo zarur haqiqatdir.

Xarid uchun kitob do‘konlaridan so‘rang!

Translation missing: uz.products.product.view_full_details