Yo Robbim! - Musulmonning kunlik duolari
Yo Robbim! - Musulmonning kunlik duolari
Muallif: Mulla Aliy Qoriy
Nashriyot: Ilm-Ziyo-Zakovat
Muqova: Yumshoq
Hajmi: 192 bet
Kitob haqida:
"Yo Robbim!" – bu musulmon kishisi uchun kundalik hayotdagi eng muhim duolarni o‘zida jamlagan qo‘llanma. Kitobning asosiy xususiyati shundaki, unda haftaning har kuni uchun alohida duolar berilgan bo‘lib, bu insonning har bir kunini baraka va huzur bilan boshlashini ta’minlashga xizmat qiladi. Dushanbadan yakshanbagacha har kun uchun tanlangan duolarning fazilati va ularni qanday tarzda o‘qish kerakligi haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Shu bilan birga, kitobda duoni qabul bo‘lishi uchun zarur shartlar va duolarni qilish odoblari bayon etilgan. Halol rizq iste’mol qilish, pok kiyim kiyish, tavba qilish, duoni ixlos bilan qilish kabi tavsiyalar berilgan. Qiblaga yuzlanish, tahoratli bo‘lish va baland ovozda duo qilmaslik kabi jihatlar ham ta’kidlangan.
Kitob ibodat va duo madaniyatini mustahkamlashda muhim manba bo‘lib, har bir musulmon uchun foydali qo‘llanma vazifasini bajaradi.
Xarid uchun kitob do‘konlaridan so‘rang!
Ulashish

