Yolvoraman, xiyonat qilma
Yolvoraman, xiyonat qilma
Muallif: Omina Sheniko'g'li
Nashriyot: Misbah
Hajmi: 320
Muqovasi: Yumshoq
Kitob haqida:
Mehribon va rahmli Alloh nomi ila.
Hurmatli opa-singillarim, aka-ukalarim! Qo‘lingizdagi ushbu roman Chanoqqala qamoqxonasida dunyoga kelgan. Asarni yozishni o‘sha yerda boshladim va Istanbulda tamomladim.
Yozuvchi degani zehniy horg‘inlikdan xoli bo‘lgan holda qalamini qo‘lga olishi va yozayotgan asari tugaguncha odamlardan biroz uzoq turishi zarur. Ana shunda ijodining foydasi, samarasi ko‘proq bo‘ladi. Bu, ayniqsa, roman yozuvchilar uchun zarur shartdir. Shovqin-suronsiz, sokin bir makon, faqatgina maslagi bilan ovora bir yurak kerak. Afsuski, zamonamizning g‘alvali buhronlarining dastidan bunday imkoniyatni topa olmadim. Men ojiza opangiz mana shu shartlar ostida qo‘lingizdagi «Yolvoraman, xiyonat qilma!» nomli kitobimni yozdim. Sizdan iltimosim shuki, agar bu asarimni ham boshqa kitoblarim kabi yoqtirib qolsangiz, atrofingizdagilarga tarqating. Unda boshqa asarlarimdagi kabi ko‘z yoshi yo‘q, ammo aqlning, tafakkurning nigohi bor.
Yana bir iltimos: kitobni o‘qib tugatganingizdan keyin islomiy mavzuda qalam tebratadigan barcha ijodkorlar uchun "Alloh rozi bo‘lsin" deb quysangiz. Ajabmaski, biz ham o‘sha karvonga qo‘shilib qolsak... Balki sizning xolis duoingiz va niyatlaringiz sababidan qalamning uchidan islom birodarligi tomchilar va bir-birimizdan ayro qolmasmiz.
Yo Parvardigor! Bizga O‘zing yordam ber!
Bizga yordam bermasang, dushmanimiz qolib, bir-birimizni bo‘g‘ishga, bir-birimizga zulm qilishga mahkum bo‘lamiz!
Sening roziliging uchun va faqatgina Senga qul bo‘lganim uchun yozdim.
Yo Robbim! Guvoh bo‘l! Menga sening guvohliging yetadi!
Allohga omonat bo‘linglar, muhtaram birodarlarim!
Agar u xohlasa, jannatlarda uchrashish tilagi bilan..
Omina Shenliko‘g‘li
18.01.1990, Dortmund, Germaniya
Xarid uchun kitob do'konlaridan so'rang!
Ulashish
