Yosh qizga nasihat
Yosh qizga nasihat
Muallif: Hasson Shamsiy Posho
Nashriyot: Hilol Nashr
Hajmi: 175 bet
Muqovasi: Yumshoq
Kitob haqida:
Oilani Islomdan yaxshi xabardor bo‘lmagan, asosiy ishi yasan - tusan, maqsadi faqat bu dunyo bo‘lgan, o‘z tilini mensimay, ajnabiy gapiradigan ayol boshqarsa, bilingki, u jamiyatga qadriyati, shaxsiyati, mardlik va mas’uliyati shakllanmagan avlod taqdim etadi. Undaylar ko‘payib, boshqaruvni qo‘lga olsa millat, ummat, tamaddun barbod bo‘ladi.
Doktor Hasson Shamsiy Poshshoning qalamiga mansub «Yosh qizga nasihat» nomli ushbu kitobda balog‘at yoshiga qadam qo‘yish arafasidagi, shu bilan birga barcha ayol-qizlar uchun ham mo‘ljallgangan bo‘lib, go‘zal pand-nasihatlarni o‘zida jamlangan.
Kitob fitnalar, oynayi jahondagi vaqtni va umrni isrof qiladigan turli tomoshalar, fasodga to‘la ijtimoiy tarmoqlari bor zamonimizda qizlarning qalbida chin Islom fitratini saqlab qolishga ozgina bo‘lsa-da hissasini qo‘shadi, deb umid qilamiz.
Xarid uchun kitob do‘konlaridan so‘rang!
Ulashish
